AsosiyJamiyat

Jizzaxda 156 mln. so`mlik noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo`yildi

'Jizzaxda 156 mln. so`mlik noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan Mirzacho`l tumanida tezkor tadbir o`tkazildi, deb yozmoqda Departament axborot xizmati.

Qayd etilishicha, ushbu jarayonda fuqaro S.X. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, tegishli hujjatlari bo`lmagan 12 975 dona “Avifloks” nomli dori vositasini fuqaro A.ga 156 mln. so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3–moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar