AsosiyHi-tech

iPhone narxlari oshadi

'iPhone narxlari oshadi'ning rasmi

Apple texnologik kompaniyasi iPhone narxi oshishini ma`lum qildi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yangi smartfonlarning mutlaqo barcha modellari 100 dollarga qimmatlashadi, ba`zilari esa undan ham ko`proqqa sotilishi mumkin. 

Narxlarning oshishi nafaqat yangi iPhone'larga, balki MacBook, iMac monobloklari va brendning boshqa mahsulotlari, jumladan, naushniklarga ham ta`sir qiladi.

Ma`lum bo`lishicha, narxdagi bunday o`zgarish yuqori inflyasiyadan tashqari, turli ehtiyot qismlar, shuningdek, xodimlarning o`sib borayotgan ish haqi bilan bog`liq. Bularning barchasi xarajatlarning oshishiga olib keladi va shuning uchun kompaniyaning yangi mahsulotlari yanada qimmatlashadi.

    Boshqa yangiliklar