1

Marg`ilonda 62 yoshli erkak o`ldirib ketildi

Jinoyat 06.06.2022, 08:45
Marg`ilonda 62 yoshli erkak o`ldirib ketildi

Holatga ichkilik ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo`lgani aytilmoqda. Farg`ona viloyati Marg`ilon shahridagi qurilishi tugallanmagan bino erto`lasidan 1960 yilda tug`ilgan fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda Zamon.uz' internet nashri yozmoqda.

Ma`lum qilinishicha, gumondor va jabrlanuvchi avvaldan tanish bo`lgan va jinoyat sodir etilgan joyda birga spirtli ichimlik ichishgan. Shundan so`ng o`zaro janjallashib, biri ikkinchisiga og`ir jarohat etkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni Farg`ona shahrida yashovchi 1985 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etgani aniqlanib, ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1