Bunga mashinalarning tormozi ishlamay qolgani sabab bo`lmoqda.
Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Mercedes-Benz butun dunyodan qariyb 1 million eski avtomobillarni tormoz tizimidagi muammolar tufayli chaqirib oladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Dam olish kunlarida avtomobil egalari bilan bog`lanishlari aytilgan, chunki ularning tormozlariga "ilg`or korroziya" ta`sir qilishi mumkin.
Ta`kidlanishicha, bu borada jami 993 407 ta avtomashina ro`yxatda bor.
Ma`lumotga ko`ra, o`tgan yili xuddi shu miqdordagi mashinalar favqulodda chaqiruv tizimidagi xavfsizlik muammosi tufayli qaytib olingan.






