Bugun, 6 iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Rayxon” milliy taomlar binosining tom qismida yong`in sodir bo`ldi.
Bu bo`yicha shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ham yong`in aks etgan videolar tarqalmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, olovni o`chirishga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan va ular zudlik bilan voqea joyiga etib borib, yong`in 26 daqiqada to`liq bartaraf etilgan.






