Uzoq yillik tanaffusdan so`ng Dushanbe-Toshkent yo`lovchi poezdlari harakati joriy yilning 20 iyun kunidan boshlab tiklanadi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Harakat 90-yillar boshida to`xtatilgan edi. Poezd haftada bir marta 916 kilometr yo`nalishda harakatlanadi. 10 ta vagon bitta yotoq, to`rtta kupe, ovqatlanish vagoni va to`rtta rezervlangan o`rindiqli vagondan iborat. Yo`lovchilar Dushanbedan Toshkentga 21 soat ichida etib olishi mumkin.






