AsosiyJamiyat

O`zbekistonga keluvchi sayyohlar uchun koronavirus bilan bog`liq barcha cheklovlar bekor qilindi. Endilikda...

'O`zbekistonga keluvchi sayyohlar uchun koronavirus bilan bog`liq barcha cheklovlar bekor qilindi. Endilikda...'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, 2022 yilning 10 iyunidan boshlab O`zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyuruvchi kishilar uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo`l stansiyalari va avtomobil o`tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishida koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq o`rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bois xorijlik sayyohlar O`zbekistonga kelishidan oldin koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo`yicha manfiy natijali ma`lumotga ega bo`lishi, koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi  hamda tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo`lishi talab etiladigan Maxsus komissiyaning bayonlari bilan kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq qoidalar bekor qilinadi.

Komissiya O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishi va kasallanishning dinamik pasayishi, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan  va shifoxonalardan chiqarilayotganlar bemorlar sonining shifoxonaga yotqizilganlar soni, karantindan chiqarilayotgan fuqarolar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ijobiy tomonga o`zgarganligi, shuningdek dunyo mamlakatlarida epidemiologik vaziyatni e`tiborga olib, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari hamda Turizm  va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda shunday qarorga keldi.

    Boshqa yangiliklar