Shahrixonlik S.M Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazida 2020 yilning mart oyida dispanser nazoratiga olingan bo`lib, o`zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish JKning 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to`g`risida ogohlantirilgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur ogohlantirishlarga qaramasdan S.M Bo`ston tumanida yashovchi M.D, Shahrixon tumanida yashovchi Yu.Sh.lar bilan bir necha bor betartib jinsiy aloqada bo`lib OIV infeksiyasini yuqtirganligi aniqlandi.
Shuningdek, Buloqboshi tumanida yashovchi ayol R.N. bilan ham bir necha bor betartib jinsiy aloqada bo`lib, uni OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirganligi ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan S.M.ga nisbatan JKning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






