AsosiyJamiyat

Endi o`qishni ko`chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi

'Endi o`qishni ko`chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi'ning rasmi

Bu haqda bugun bo`lib o`tgan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma`lum qildi.  

Vazirning xabar berishicha, joriy yildan faqatgina 2 ta shart bilan o`qishni ko`chirishga ruxsat beriladi, ya`ni talaba yoki boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o`tsa. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o`qishini ko`chirishga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, o`qishni ko`chirishda vazir xati talab etiladi.  

O`qishni ko`chirish o`rniga akademik mobillikni qo`llash tatbiq etiladi.

Vazirning aytishicha, joriy yilda 150 ming talaba o`qishni ko`chirish uchun ariza berishi kutilmoqda. Bu salkam bir yillik kvotalarga teng. Talabalar kirish birmuncha osonroq yo`nalishlarni tanlab, 2-kursdan talab yuqoriroq yo`nalishlarga ko`chirib olishni reja qilmoqda. Endi bunga chek qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar