AsosiyJamiyat

“Oltinko`ltumangaz” bo`limi xodimlari qo`lga olindi. Ma`lum bo`lishicha ular...

'“Oltinko`ltumangaz” bo`limi xodimlari qo`lga olindi. Ma`lum bo`lishicha ular...'ning rasmi

Oltinko`l tumanida gaz quvurini yuqori bosimli tarmoqqa ulab berishni va`da qilgan gaz ta`minoti korxonasi xodimlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Oltinko`ltumangaz” bo`limi xodimlari M.A. va J.M.lar fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning “Sadda” MFY hududidagi xonadonini yuqori bosimli er usti gaz tarmog`iga ulab berish masalasini tanishlari yordamida hal qilib berish evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar