AsosiyDunyo

Istanbul va Anqarada madaniyat festivallari bo`lib o`tmoqda

'Istanbul va Anqarada madaniyat festivallari bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Anqara va Istanbul shaharlarida 28 may kunidan bir vaqtning o`zida Poytaxt Madaniyat Yo`li va Beyo`g`lu Madaniyat Yo`li festivallari boshlandi. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur festivallar bepul dasturlar bilan bir qatorda chiptali tadbirlarni ham o`z ichiga oladi.

Istanbul va Anqara shaharlarida 12 iyungacha davom etadigan madaniyat festivallari doirasida tashkillashtiriladigan 2000 dan ziyod tadbirda 6000 dan ortiq san`atkorning ishtirok etishi kutilmoqda. Festival doirasida Istanbulning maydonlari va asosiy ko`chalarida 3 ta ochiq osmon ostidagi sahna, 15 ta ko`cha sahnasi va 4 ta ko`cha tadbirlari tashkil etiladi. 

Istanbuldagi “Beyo`g`li Madaniyat Yo`li Festivali” Otaturk madaniyat markazi oldida tashkillashtirilgan tantanali tadbir bilan boshlandi.

Beyo`g`lu Madaniyat Yo`li Festivali doirasida ko`chalar va maydonlar sahnaga aylanadi. Galata minorasi, Shishhane maydoni, Fransuz ko`chasi, Tomtom ko`chasi, Odakule, Karako`y parom terminali va boshqa ko`plab joylar ochiq havodagi sahnalar bilan festivalning qiziqarli o`tishini ta`minlaydi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm Vaziri Mehmet Nuri Ersoy ishtirokida Turkiyaning turli burchaklaridan kelgan 1500 nafar fotosuratchi ishtirokida Taksim maydonida «Fotomarafon» ko`rgazmasi ochildi.

Festival doirasida istanbullik san`at ixlosmandlari, bolalar va sayyohlar teatr va opera spektakllaridan tortib kino namoyishlarigacha, ochiq havodagi sahnalarda tashkil etiladigan konsertlardan tortib rasm ko`rgazmalarigacha bo`lgan turli madaniy tadbirlarni tomosha qilishlari mumkin bo`ladi.

“Beyo`g`lu madaniyat festivali” Istanbulning butun moddiy, ma`naviy va madaniy merosini kelajak avlodlarga ko`rsatishni maqsad qilgan loyiha bo`lib, bu adabiyot, teatr, musiqa, opera, gastronomiya, ta`lim, rassomlik, kino va boshqalar kabi madaniyat sohasi vakillarini birlashtiradi.

Beyo`g`lu Madaniyat Yo`li Festivali doirasida Turkiyaning va dunyoga mashhur san`atkorlarning ham konsert dasturlari nomoyish etiladi.

Poytaxt madaniyati yo`llari festivali

Poytaxt Anqarada bo`lib o`tadigan Poytaxt madaniyati yo`li festivali doirasida shaharning o`ziga xos tarixi va betakror xususiyatlari 4,7 kilometrlik yo`l bo`ylab san`at ixlosmandlarini kutib oladi.

Festival doirasida Anqarada 16 kun davomida simfonik konsertlardan raqs tomoshalariga, haykaltaroshlik mahorat darslaridan teatr tomoshalariga, adabiy suhbatlardan bolalar tadbirlariga, san`atkorlarning konsertlaridan rassomlar ko`rgazmalari va film namoyishlariga qadar keng ko`lamli madaniyat va san`at tadbirlari san`at ixlosmandlariga taqdim etiladi.

Poytaxt madaniyati yo`li festivali shuningdek turli davrlarga oid, jumladan respublikadan oldingi, respublika davri va yangi zamonaviy Anqarani aks ettirgan 70 dan ortiq tematik ko`rgazmalarni o`z ichiga oladi.

Festival doirasida Anqarada 16 kun davomida simfonik konsertlardan raqs tomoshalariga, haykaltaroshlik mahorat darslaridan teatr tomoshalariga, adabiy suhbatlardan bolalar tadbirlariga, san`atkorlarning konsertlaridan rassomlar ko`rgazmalari va film namoyishlariga qadar keng ko`lamli madaniyat va san`at tadbirlari san`at ixlosmandlariga taqdim etiladi.

Poytaxt madaniyati yo`li festivali shuningdek turli davrlarga oid, jumladan respublikadan oldingi, respublika davri va yangi zamonaviy Anqarani aks ettirgan 70 dan ortiq tematik ko`rgazmalarni o`z ichiga oladi.

"Poytaxt madaniyati yo`li" festivali doirasida Anqaraning timsollaridan biri bo`lgan Anqara qal`asi, noyob kolleksiyasi bilan yuz yillik Onado`li sivilizasiyalari muzeyi, 400 yillik tarixi bilan poytaxtning eng muhim diniy binolaridan biri bo`lgan Xoji Bayram Veli masjidi, Hamamo`nuning tarixiy shahar tuzilishi, Rim sivilizasiyasining monumental inshootlari bo`lgan Avgust ibodatxonasi, Rim hammomi kabi tarixiy obidalardan tashqari, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan restavrasiya qilingan Anqara rasm va haykaltaroshlik muzeyi, Birinchi milliy arxitektura davrining noyob asarlaridan biri Etnografiya muzeyi, Ishbank muzeyi, Ziraat banki muzeyi, PTT marka muzeyi va boshqa muzey, san`at galereyalari, tarixiy binolar va yodgorliklar san`at ixlosmandlariga o`z eshiklarini ochadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar