Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi rahbari qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Xalq ta`limi vazirligi holatga izoh berdi:
"Xalq ta`limi vazirligi tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsion xavf-xatarlarini o`z vaqtida aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini o`rganish va bartaraf etish bo`yicha doimiy ravishda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xabaringiz bor, Xalq ta`limi vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan doimiy ravishda byudjet mablag`larini maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli ravishda o`rganish ishlari olib borib, aniqlanayotgan kamchiliklar yuzasidan OAV orqali hisobot berib boriladi.
Andijon viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi tizimida o`tkazilgan o`rganishlar natijasida aniqlangan byudjet mablag`larining noqonuniy sarflanishi yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, to`plangan materiallar qonuniy baho berish uchun Hisob palatasi hamda Xalq ta`limi vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga 2021 yilning noyabr oyida taqdim etilgan va ushbu holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.
Ayni damda jinoyat ishi doirasida aybdorlarni aniqlash maqsadida bir nechta tashkilot va idoralar, shu jumladan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi mansabdor shaxslari ham tergovga jalb etilganligini ma`lum qilamiz.
Xalq ta`limi vazirligi tizimda korrupsiyaga oid hatti-harakatlarni oldini olish va qonunbuzilish holatlarini aniqlash maqsadida olib borilayotgan ishlar doimiy ravishda davom etishini ma`lum qilamiz" deyiladi xabarda.






