AsosiyJamiyat

Surxondaryoda YHXB xodimi noma`lum fuqaro tomonidan haqoratlandi

'Surxondaryoda YHXB xodimi noma`lum fuqaro tomonidan haqoratlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimi noma`lum fuqaro tomonidan haqoratlanganligi aks etgan video bo`yicha munosabat bildirildi.

6 iyun kuni M41 xalqaro avtomobil yo`lining Surxondaryo viloyati Denov tumani "Lochin" mahallasi hududidan o`tuvchi qismida "Sobalt" rusumli, tezlikni aniqlovchi moslama bilan jihozlangan avtomashinada xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimi safdor Sh.J. Jalmatovning xizmat olib borayotgan vaqtida shu tumanda yashovchi fuqaro A.X. o`zining boshqaruvida bo`lgan "Nexia" rusumli avtomashina bilan yo`lning qarama-qarshi bo`lagidan harakatlanib kelib, safdor Sh.J. Jalmatovni har xil uyatli so`zlar bilan haqoratlab, uning yaqin qarindoshlari nomiga tuhmat qilib, holatni o`zining mobil telefoni orqali tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. Ushbu holat yuzasidan xodimning bildirgisiga asosan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB va Denov tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida haydovchi A.X. Denov tumani hududida ushlanib, hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tergov yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar