4 iyun kuni O`zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida va Rossiya fuqarolarining O`zbekiston hududida bo`lish tartibi yuzasidan Bitim kuchga kirdi.
Bu bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federasiyasi hududida ro`yxatdan o`tkazish talab qilinmaydigan muddatini 7 kundan 15 kunga hamda Rossiya Federasiyasi fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lish muddati 3 kundan 15 kunga uzaytirish belgilandi. Bu haqda IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, vaqtinchalik bo`lish muddati chegara nazorati organlari tomonidan shaxsni mamlakatga kirib kelganligi tasdiqlangan kundan boshlab hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, fuqarolardan mazkur o`zgarishlarga rioya qilish va vakolatli organlardan vaqtida ro`yxatdan o`tishni so`ralmoqda.






