AsosiyJamiyat

Istanbuldan Farg`onaga uchayotgan samolyot Namangan aeroportiga favqulodda qo`nishga majbur bo`ldi

'Istanbuldan Farg`onaga uchayotgan samolyot Namangan aeroportiga favqulodda qo`nishga majbur bo`ldi'ning rasmi

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati yuz bergan holat yuzasidan tezkor axborot berdi.

Ma`lum bo`lishicha,  Istanbul – Farg`ona yo`nalishida harakatlangan HY-278 aviaqatnovi Farg`ona aeroportidagi ob-havo (kuchli shamol) sabab Namangan aeroportiga kelib qo`ngan.

Ta`kidlanishicha, Farg`ona – Toshkent yo`nalishidagi HY-82 aviaqatnovi vaqti ham o`zgargan va u taxminan 00.30 ga ko`chirilgan.  

"Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar