AsosiyDunyo

Kanada Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga "zarba berdi"

'Kanada Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga "zarba berdi"'ning rasmi

Kanada hukumati Rossiyaning neft, gaz, kimyo sanoati hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan yangi cheklovchi choralarni joriy qildi. Bu haqda chorshanba kuni Kanada tashqi ishlar vazirligi saytida chop etilgan tegishli hujjatda aytilgan

Xususan, Kanada kompaniyalari va fuqarolariga Rossiyaning neft, gaz, kimyo va tog`-kon sanoati vakillari bilan biznes yuritishi, jumladan, ko`mir va metall rudalarini qazib olish taqiqlangani qayd etilgan.

Bundan tashqari, Ottava Rossiya Federasiyasining neft-gaz va kimyo sanoati bilan bog`liq cheklov ostida qolgan 28 ta faoliyat ro`yxatini e`lon qildi. Ular qurilish va transport turlari, kompyuter, buxgalteriya hisobi, konsalting, muhandislik va boshqa xizmatlarga tegishli.

Ottava fevral oyi oxiridan beri Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya Federasiyasiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy qilmoqda. Kanada oxirgi marta 31 may kuni iqtisodiy cheklovlarni joriy qilgan. Keyinroq ro`yxatga Rossiya Federasiyasidan to`rtta kompaniya va 22 nafar jismoniy shaxs kiritildi.

    Boshqa yangiliklar