AsosiyJamiyat

Endilikda urush faxriylari, parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi bo`lganlarga har oy qo`shimcha pul beriladi

'Endilikda urush faxriylari, parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi bo`lganlarga har oy qo`shimcha pul beriladi'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston rahbarining 8 iyun kuni qabul qilingan "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta`minotini yaxshilash hamda yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida"gi Qarorida so`z boradi.

Unga muvofiq, 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga bepul etkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiena tovarlari o`rniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo`shimcha to`lov to`lab boriladi.

Shuningdek, shu toifadagilarga bepul etkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar o`rniga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida to`lanadigan kompensasiya joriy etiladi.

Bunda, qo`shimcha to`lov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan pensiyalarni va nafaqalarni tayinlashga mas`ul bo`lgan tashkilotga o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan yolg`iz keksalar yoki nogironligi bo`lgan shaxslar to`g`risida taqdim etiladigan ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar