AsosiyJamiyat

May oyida eng ko`p nikoh qaerda qayd etilgani ma`lum qilindi

'May oyida eng ko`p nikoh qaerda qayd etilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning may oyida respublika bo`yicha 18 492 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Unga ko`ra, eng ko`p nikoh tuzilgan hudud — Farg`ona viloyati.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:

— Qoraqalpog`iston R. – 987 ta  

— Andijon viloyati – 1730 ta  

— Buxoro viloyati – 940 ta  

— Jizzax viloyati – 729 ta  

— Qashqadaryo viloyati – 1600 ta

— Navoiy viloyati – 644 ta  

— Namangan viloyati – 1349 ta  

— Samarqand viloyati – 1584 ta  

— Surxondaryo viloyati – 1522 ta  

— Sirdaryo viloyati – 520 ta

— Toshkent viloyati – 1714 ta  

— Farg`ona viloyati – 2347 ta  

— Xorazm viloyati – 950 ta  

— Toshkent shahri – 1876 ta

    Boshqa yangiliklar