"O`zgidromet" 10 iyun kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo prognozini e`lon qildi. Unga ko`ra, Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 37-39 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.
Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq bo`ladi.






