AsosiyJamiyat

O`zbekiston 4 oyda 1,1 mlrd. AQSh dollariga teng to`qimachilik mahsulotlari eksport qildi

'O`zbekiston 4 oyda 1,1 mlrd. AQSh dollariga teng to`qimachilik mahsulotlari eksport qildi'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekistondan qiymati 1,1 mlrd. AQSh dollariga teng to`qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

 Bu umumiy eksport hajmining 15,1 % ni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 24 % ga o`sgan.

O`zbekistondan 4 oy davomida dunyoning 62 ta davlatiga 452 turdagi to`qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

To`qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi:

— Paxtadan yigirilgan ip – 592 mln.

— Tayyor trikotaj mahsulotlari – 249 mln.

— Naqshli mato – 90,7 mln.  

— Paxtadan gazlamalar – 48 mln.

— Ipak va ipak mahsulotlari – 21 mln.

— Paxta mahsulotlari – 14,2 mln.

— Gilamlar – 9,7 mln.

— Boshqa to`qimachilik mahsulotlari – 41 mln. AQSh dollari

    Boshqa yangiliklar