Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirishga mas`ul o`rinbosari R.Qobilov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qilishicha, endilikda turistlarga elektromobillar ijaraga beriladi.
Mazkur xizmat tajriba sifatida Samarqand xalqaro aeroportida 10 iyundan ish boshlashi aytilmoqda.
"Volkswagen" va "Mersedes-Benz" elektromobillarida wi-fi orqali internet ham uzatiladi.
Shuningdek, talabga ko`ra chet tillaridan tarjimon va gid xizmati ajratilishi rejalashtirilgan.






