Turkiya Respublikasi Prezidentining bu fikrlari Boku energiya haftaligi ishtirokchilariga yo`llagan tabrigida o`z ifodasini topgan.
Erdog`anning qaydida, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiya hamkorlikda amalga oshirayotgan global loyihalar Evropaning energiya xavfsizligini ta`minlashda muhim rol o`ynashi aytiladi.
"Amalga oshirilishi jihatidan ulkan loyihalar bo`lgan Baku-Tbilisi-Jayhan, Baku-Tbilisi-Erzurum va Trans-Anadolu gaz quvuri - TANAP quvurlari orqali biz mintaqaviy va global energiya xavfsizligiga muhim hissa qo`shdik",-deydi davlat rahbari.
"Janubiy gaz koridori Evropaning to`rtinchi tabiiy gaz arteriyasi rolini o`ynaydi. Bugungi kunga qadar u orqali Turkiyaga 15 milliard kub metr, Evropaning boshqa davlatlariga esa 10 milliard kub metr tabiiy gaz eksport qilindi. Akam Ilhom bilan aloqalarimizni ittifoq darajasiga olib chiqqan Shusha deklarasiyasida Janubiy gaz yo`lagi salohiyatini oshirish muhimligi qayd etilgan,"-deydi Erdog`an.
Maktubda Ilhom Aliev rahbarligida Ozarbayjon ham qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yo`lida muhim qadamlar qo`ygani ta`kidlanadi:
“Ozarbayjonning Ilhom Aliev rahbarligida qayta tiklanuvchi energiya sohasida ko`rsatgan pozisiyasi bu borada muhim rol o`ynaydi. Shu nuqtai nazardan, Qorabog` va Sharqiy Zangezurning «yashil energiya hududi» deb e`lon qilinishi juda to`g`ri qadamdir”.
Turkiya rahbari, shuningdek, energetika va energiya xavfsizligining ahamiyati bosqichma-bosqich o`sib borayotgan davrda o`tkazilayotgan Boku energiya haftaligi ishiga muvaffaqiyat tilagan va barcha ishtirokchilarni tabriklagan.






