Bir muddat avval Eronning Janubiy Xuroson viloyatida yo`lovchi poezd relsdan chiqib ketgani haqida xabar bergan edik. Buning oqibatida bir necha fuqaro halok bo`lgan, 50 ga yaqin kishi jarohat olgandi.
O`zbekiston rahbari shu munosabat bilan mamlakat Prezidenti Ibrohim Raisiyga hamdardlik yo`lladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev matbuot kotibi xabar bermoqda.
"O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eronning Janubiy Xuroson muzofotida yo`lovchi poezdi falokatga uchrashi natijasida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Ibrohim Raisiyga hamdardlik yo`lladi",-deyiladi unda.
Eslatib o`tamiz, Janubiy Xuroson sudi oliy sudyasi mazkur hodisadan jarohatlanganlar va ularning ota-onalariga tovon puli imkon qadar tezroq va sud nazoratisiz amalga oshirilishini aytgandi.






