AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 740 mln. so`m kreditni o`zlashtirib yuborgan shaxslar aniqlandi

'Qashqadaryoda 740 mln. so`m kreditni o`zlashtirib yuborgan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.M.” xususiy korxonasini norasmiy boshqarib kelgan R.L. 2020-2021 yillarda juda ko`p miqdorda savdo va xizmat ko`rsatish qoidalarini buzib, 1 mlrd. so`mlik qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashdan bo`yin tovlaganligi, shuningdek 19 nafar fuqaroga ajratilgan 740 mln. so`m kredit evaziga ta`minotchi sifatida ishlab chiqarish uskunalarini etkazib bermasdan, o`z ehtiyojlari uchun “Metan kompressor” uskunasini xarid qilganligi va Chiroqchi tumani  Yangiobod ko`chasida 2 qavatli “Maishiy xizmat ko`rsatish binosi”ni qurib, o`zining nomiga rasmiylashtirib, jinoiy yo`l bilan topilgan mablag`larini legallashtirganligi  aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.L. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar