AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari harorat pasayishi kutilmoqda — "O`zgidromet"

'Dam olish kunlari harorat pasayishi kutilmoqda — "O`zgidromet"'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kun davomida hududning katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Kunduzi havo harorati 34-39° atrofida, janubda ba`zi joylarda 40-42° gacha bo`ladi.

11 iyunda O`zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.

11 iyunda Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 11-12 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

13 iyunda faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

10-12 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 10-14 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi ehtimoli bor.

Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayadi va 12 iyunga kelib 31-33° ni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar