Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo`yicha ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Yig`ilish avvalida:
“Nima uchun ushbu yig`ilishni o`zim o`tkazayapman? “Inson qadrini ulug`lash” yilida har bir fuqaromizning xonadonida yaxshi yashashiga sharoit yaratishimiz zarur"- dedi davlat rahbari.
"Bir narsani aniq tushunish kerak. Bir yilda O`zbekistonda 10 milliard dollarlik elektr va gaz iste`mol qilinadi.
Agar buning 10 foizini iqtisod qilishni o`rgansak, bu 1 milliard dollarni boshqa ehtiyojlar uchun sarflashimiz mumkin.
Hokim va vazirdan tortib, mahalla raisigacha barcha darajadagi rahbarlar bu masalaning qanchalik muhimligini tushunayaptimi, bu borada o`zining mas`uliyatini his qilayaptimi, degan savollar meni juda qiynaydi.
Qaysi vazir yoki uning o`rinbosari hisob-kitob qilib, energiya sarfini qisqartirish bo`yicha tashabbus ko`rsatdi? Ular o`zi nima uchun oylik olayapti?” - dedi Shavkat Mirziyoev.