AsosiyJamiyat

Prezident yig`ilishda hududlarda mikro va kichik GESlar qurish uchun maydonlar belgilanib, jami 56 megavattli 200 ta loyiha ishlab chiqilganini ta`kidladi

'Prezident yig`ilishda hududlarda mikro va kichik GESlar qurish uchun maydonlar belgilanib, jami 56 megavattli 200 ta loyiha ishlab chiqilganini ta`kidladi'ning rasmi

Yig`ilishda hududlarda mikro va kichik GESlar qurish uchun maydonlar belgilanib, jami 56 megavattli 200 ta loyiha ishlab chiqilgani ta`kidlandi (yiliga 180 ming kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi). Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Bunda:

- 500 kilovattgacha bo`lgan GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining boshlang`ich xarid narxi tadbirkorlar uchun jozibador tariflarda belgilanadi;

- loyiha uchun er uchastkasi auksion g`olibiga uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Shu bilan birga, 1 megavattgacha quyosh va shamol, 5 megavattgacha mikroGESlarning ortiqcha elektr energiyasi kamida 10 yil davomida davlat tomonidan kafolatli xarid qilinadi.

Yil yakuniga qadar Andijon viloyatida 15 ta, Namanganda 10 ta, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida 6 tadan, Samarqand, Sirdaryoda 2 tadan, Buxoro, Jizzax, Farg`onada 1 tadan loyihani boshlashga ko`rsatma berildi.

Umuman, mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatini hisob-kitob qilib, xususiy sheriklik loyihalarini boshlash topshirildi.

Yig`ilish yakunida mutasaddilar belgilab berilgan vazifalar bo`yicha axborot berdi.

    Boshqa yangiliklar