AsosiyJamiyat

Nikoh uylari tugatilishi mumkin

'Nikoh uylari tugatilishi mumkin'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasida O`zbekistonning to`rtta viloyati hamda Toshkent shahrida nikoh uylarini tugatish ko`zda tutilgan. Bu haqda Zamon internet nashri yozmoqda.

FHDYo bo`limlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda adliya vaziri tomonidan tashkil etilishi va tugatilishi ushbu loyihada o`z aksini topgan.

Shuningdek, faoliyati to`xtatilishi nazarda tutilgan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi barcha nikoh uylaridagi shtat birliklari boshqa tuman (shahar) FHDYo bo`limlariga o`tkazilmoqda.

Xususan, FHDYo bo`limlarining xodimlari sonini belgilash mezonlariga o`zgartirish kiritilmoqda. Bu fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligini hisobga olib amalga oshirilyapti.

    Boshqa yangiliklar