AsosiyJamiyat

Surxondaryoda haydovchi "Damas"da 25 nafar bog`cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi

'Surxondaryoda haydovchi "Damas"da 25 nafar bog`cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi'ning rasmi

M-39 xalqaro avtomobil yo`lini Termiz tumani «Yangi hayot» MFY hududida harakatlanib ketayotgan Damas 25 nafar bog`cha bolasini olib ketayotganida to`xtatildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, Damas haydovchisi bog`cha tarbiyachisi bilan birga 25 nafar bolani uylarni tarqatish uchun ularni transport vositasiga mindirgan.

YHXB videohisobotida inspektorlardan biri bolalarga biror narsa bo`lsa, ota-onalarga qanday javob berishini so`raganida, tarbiyachi «Ha, endi, ishlashimiz kerak-ku», — deya javob qaytargan. Uning so`zlariga ko`ra, shunday yo`l bilan «qamrov»ni ta`minlab, bolalarni tarbiyalashga olgan. Bolalar xavfsizligini esa ularni olib kelib, olib ketib turgan haydovchi ta`minlaydi.

Bog`cha bolalarning hammasi bog`chaga topshirilgan, ota-onalarning o`zlari ularni olib ketishi bo`yicha mudira bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Damas haydovchisi avtomobilning old eshigiga ruxsatsiz qoraytirilgan parda o`rnatgani uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan va unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 126-moddasiga (ko`zgusimon va (yoki) tusi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko`rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish) asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar