AsosiyDunyo

​JSST koronavirusning kelib chiqishi bo`yicha xulosalarini ma`lum qildi

'​JSST koronavirusning  kelib chiqishi bo`yicha xulosalarini ma`lum qildi'ning rasmi

COVID-19 ning kelib chiqishi sirligicha qolmoqda, deb yozmoqda "New York Times" JSST ishchi guruhining birinchi hisobotini tahlil qilib.

Qayd etilishicha, ishchi guruh o`z tadqiqotini amalga oshirmagan, balki mavjudlarini o`rgangan. Ushbu xulosalar bir necha oy avval kutilgan edi.

Mutaxassislar koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqish nazariyasini o`rganishni davom ettirishni tavsiya qilishdi. Shu bilan birga, "Vashington Post"ning aniqlik kiritishicha, hisobotda koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqish gipotezasini qo`llab-quvvatlovchi yoki rad etuvchi yangi ma`lumotlar mavjud emas.

Nashrning yozishicha, Braziliya, Xitoy va Rossiyadan kelgan guruh a`zolari «laboratoriyadan sizib chiqish» nazariyasini yana bir bor tekshirish chaqiriqlariga qarshi chiqqan.

 

 

    Boshqa yangiliklar