Ayni paytda Toshkentda kuchli shamol va yomg`ir kuzatilmoqda. Toshkent shahar hokimligi axoliga murojaat bilan chiqdi.
"Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo`ymasligingizni so`raymiz.
Eslatib o`tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog`ingarchiliklar bilan bog`liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog`lanishingiz mumkin.
Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud", - deyiladi xabarda.






