AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaninig qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog`li va tog` oldi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonli kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 31-33° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar