Yalpi majlisda “Davlat mulkini boshqarish to`g`risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida”gi, “Inson a`zolari va to`qimalarining transplantasiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi hamda “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari ko`rib chiqiladi.
Senatorlar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash to`g`risidagi masalani ham ko`rib chiqishi ko`zda tutilgan.
Ertaga soat 11:00 da o`z ishini boshlaydigan Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida bo`lib o`tadi. Majlis Senatning YouTube tarmog`idagi sahifasi orqali to`g`ridan-to`g`ri yoritib boriladi.






