AsosiyJamiyat

Amirsoyda "Captiva" yonib ketdi

'Amirsoyda "Captiva" yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 12 iyun kuni soat 12:31 da Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Amirsoy oromgohi yo`lida "Captiva" rusumli avtomobil vositasida yong`in ro`y bergan.  

Holat yuzasidan FVV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 1 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga etib borib, yong`in soat 12:51 da qurshab olingan va soat 13:05 da to`liq o`chirilgan.  

"Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi o`rganilmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmadi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar