Rossiya prezidenti Vladimir Putin og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarda ayblangan fuqarolarning taksi va jamoat transportida ishlashini taqiqlovchi Qonunni imzoladi. Unda yo`lovchilar va yuklarni tashish bilan bog`liq avtobus, tramvay, trolleybuslar va ko`chadan tashqari transport haydovchilari haqida so`z boradi.
Taksi haydovchilarining ishini taqiqlash o`rtacha og`irlikdagi jinoyatlar uchun sudlangan fuqarolarga ham ta`sir qiladi.
Shunday qilib cheklov qotillik, qasddan badanga og`ir shikast etkazish, odam o`g`irlash, talon-taroj qilish, shaxsning jinsiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlarga, shuningdek, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi olib tashlanmaganlarga tegishli.






