"O`zgidromet" muhim tabiat hodisalaridan ogohlantirdi.
Markaz xabariga ko`ra, 12-17 iyunda tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim tog`li hududlarda do`l yog`ishi ham mumkin.
Shuningdek, 12-14 iyunda tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilayotgani aytilmoqda.
Quyida 12 iyun soat 20:00 dan – 13 iyun soat 20:00 gacha O`zbekistonda bo`lishi kutilayotgan ob-havo bashorati bilan tanishing.
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 31-33°bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 32-37° bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo`ladi.
TOShKENT VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 30-35° bo`ladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 30-35° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim tumanlarda do`l yog`ishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo`ladi.






