AsosiyJamiyat

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog`liq xizmat ishga tushdi

'Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog`liq xizmat ishga tushdi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyundagi 317-son qarori asosida my.gov.uz portalida "Bolalar sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish bo`yicha ekspertlarni akkreditasiya qilish" xizmati ishga tushirildi.

Endilikda bolalar sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasi ekspertlari akkreditasiyadan o`tish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

Talabgorlar oliy ma`lumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega bo`lishi kerak.

Xizmatdan foydalanishda to`lov undirilmaydi.

Ekspertlarni akkreditasiya qilish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Akkreditasiyadan muvaffaqiyatli o`tgan ekspertlarga guvohnoma beriladi.

Guvohnomaning amal qilish muddati – 5 yil.

    Boshqa yangiliklar