AsosiyJamiyat

Harorat yana ko`tariladi! "O`zgidromet" hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

'Harorat yana ko`tariladi! "O`zgidromet" hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi termometr ustuni 30-35° dan yuqoriga ko`tarilmaydi, bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan biroz pastdir. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin.

Ish haftasi davomida O`zbekiston bo`yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo`ladi, faqat ayrim tog`li hududlarda yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor, shuningdek do`l yog`ishi mumkin. Havo harorati kechalari 16-21°, kunduz kunlari 34-39° atrofida, janubiy va cho`l hududlarida 40-42° gacha bo`ladi.

13 va 14 iyun kunlari respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyot bo`ling!

    Boshqa yangiliklar