AsosiyJamiyat

Yil yakunigacha 13 ta hududiy agrokimyo laboratoriyani jihozlashga 10 million dollar yo`naltiriladi Shavkat Mirziyoev

'Yil yakunigacha 13 ta hududiy agrokimyo laboratoriyani jihozlashga 10 million dollar yo`naltiriladi Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Viloyat hokimlariga ham o`z hududida eksportchilar sonini oshirish va yangi laboratoriyalar ochish bo`yicha dastur qabul qilish topshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Investisiya vazirligiga:

- xalqaro sertifikasiya talablarining ichiga kirib, qaysi laboratoriyani modernizasiyalash va qaysi standartni o`zgartirish kabi masalalarni hal qilish;

- yil yakunigacha tekstil, elektrotexnika, agro va oziq-ovqat sanoati bo`yicha 27 ta xalqaro ko`rgazmada ishtirok etib, kamida 100 tadan eksportchilarni Evropa bozoriga olib chiqish topshirildi.

Texnik tartibga solish agentligi yil yakuniga qadar xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 3 baravar oshirib, 1 ming 200 taga etkazishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Ushbu korxonalarda Evropaning 1,5 mingta standartlari joriy etiladi. Bu orqali, har bir korxona xalqaro laboratoriya xulosalari uchun 1 milliard so`m iqtisod qilib, eksportga ketadigan vaqti 3 haftagacha qisqaradi.

Bundan tashqari, agentlikka 121 ta laboratoriya xulosalarini xalqaro standartlarga moslashtirib, kamida 100 ta davlatda tan olinishini ta`minlash topshirildi.

O`simliklar karantini va himoyasi agentligiga:

- Qishloq xo`jaligi vazirligi va viloyat hokimlari bilan birga meva-sabzavot etishtirilayotgan 200 ming gektar maydonni xalqaro talablarga moslashtirish;

- yil yakunigacha 249 ta meva-sabzavot klasterlari bilan ishlab, xalqaro bozorlarga eksport qiladigan korxonalar sonini 400 tagacha oshirish topshirildi.

Yil yakunigacha 13 ta hududiy agrokimyo laboratoriyani jihozlashga 10 million dollar yo`naltiriladi.

Veterinariya qo`mitasiga viloyat hokimlari bilan birga yil yakuniga qadar chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilar sonini 1,5 baravarga oshirib, 700 taga etkazish topshirildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatiga viloyat markazlaridagi 14 ta laboratoriyani xalqaro akkreditasiyadan o`tkazish vazifasi qo`yildi.

Bojxona qo`mitasiga 1 oktyabrgacha eksport, import va tranzit bo`yicha barcha sertifikat va ruxsatnomalarni “Yagona darcha” orqali yuritishni yo`lga qo`yish topshirildi.

Yig`ilish yakunida mutasaddilarning hisoboti eshitildi.

    Boshqa yangiliklar