AsosiyJamiyat

Bu yil 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

'Bu yil 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi'ning rasmi

2022-2023 o`quv yilida umumta`lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda XTVning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo`yicha qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyunidan 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi.

Shu jumladan, mikrohududdan tashqari qo`shimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15 avgust kunlari o`tkaziladi.

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston va viloyatlarning markazidagi umumta`lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda tashkil etilishi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar