AsosiyDunyo

Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida otishma sodir bo`ldi

'Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida otishma sodir bo`ldi'ning rasmi

Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi chegara xizmati davlat chegarasining qirg`iz-tojik qismida otishma bo`lib o`tdi, deb xabar berdi deya yozmoqda "interfax".

Ma`lum qilinishicha, tojik tomoni granata va minomyotlardan foydalangan.

“Taxminan soat 07:00 da Botken viloyatining Botken tumanining Bulak-Boshi hududida Tojikistonning Kex chegara postidan Bulak-Boshi qirg`izlari yo`nalishida o`q uzildi. Bunga javoban Qirg`iziston tomoni ham Tojikiston posti yo`nalishi bo`yicha javob o`q uzgan”, — deyiladi Chegara xizmati xabarida.

Uning so`zlariga ko`ra, ikki tomon chegarachilari zudlik bilan jangovar pozisiyalarni egallagan. Qirg`izistonning Botken viloyatidagi chegara vakili va Tojikistonning So`g`d viloyatidagi chegara vakili o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. Tomonlar chegara otryadlari boshliqlari voqea joyiga jo`nab ketishdi.

"Soat 7:50da Tojikiston tomoni granata va minomyotlardan foydalangan holda yana otishma boshladi. Soat 8:10da otishma to`xtadi. Ayni damda otishma sabablariga oydinlik kiritish maqsadida tomonlar chegara vakillarining uchrashuvi o`tkazilmoqda", - deya ta`kidladi Chegara xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar