AsosiyJamiyat

Toshkentdan aholi eng ko`p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga ko`chib ketgani ma`lum qilindi

'Toshkentdan aholi eng ko`p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga ko`chib ketgani ma`lum qilindi'ning rasmi

 Toshkent shahridan eng ko`p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga ko`chib ketishgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar qildi. 

Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yil yanvar-aprel oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko`chib ketganlar soni 3055 kishini tashkil etgan.

Toshkent shahridan ko`chib ketish o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 433 kishiga (12,4 foizga) kamaygan.

Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko`chib ketganlar soni:

—  Toshkent viloyati – 2274 kishi

—  Qashqadaryo viloyati – 131 kishi

—  Xorazm viloyati – 79 kishi

—  Surxondaryo viloyati – 78 kishi

—  Buxoro viloyati – 76 kishi  

—  Samarqand viloyati – 73 kishi

—  Navoiy viloyati – 58 kishi

—  Qoraqalpog`iston R. – 57 kishi  

—  Andijon viloyati – 55 kishi

—  Jizzax viloyati – 55 kishi

—  Farg`ona viloyati – 52 kishi  

—  Sirdaryo viloyati – 36 kishi

—  Namangan viloyati – 31 kishini tashkil etgan. 

    Boshqa yangiliklar