Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida o`tkazilgan futbol musobaqasida tomoshabinlar tomonidan stadionga tosh otish holatlari kuzatilganligi, natijada bir nafar shaxs jarohatlanganligi hakidagi xabarlar tarqalib, ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi.
Mazkur holat Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 11 iyun kuni soat 21.00da Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida Osiyo kubogi o`yinlari doirasida 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilardan iborat «O`zbekiston» va «Iroq» terma jamoalari o`rtasidagi futbol o`yini boshlangan. O`yinning 12 daqiqasida o`yin hakami tomonidan “O`zbekiston” terma jamoasining darvozaboniga qizil kartochka ko`rsatilib 11 metrlik jarima to`pi belgilanganda, muxlislar norozi bo`lib, stadionga tashrif buyurgan ayrim tomoshabinlar plastmassa suv idishi va stakan, oyoq ostidagi beton parchalarini stadionga uloktirgan. Natijada stadionda fotomuxbir bulib xizmat olib borayotgan fuqaro 1992 yilda tug`ilgan J.S. qorin bo`shlig`idan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko`rsatilgan, uning ahvoli yaxshi bo`lganligi sababli shu kuni kasalxonadan chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda. Tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998 yilda tug`ilgan A.Faxriddin, 1991 yilda tug`ilgan T.Sarvar, 1984 yilda tug`ilgan B.To`xtamurod, 2003 yilda tug`ilgan J.Bexzod, 2002 yilda tug`ilgan V.Mexroj, 1998 yilda tug`ilgan X.Abrorlarga sud tomonidan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tashqari 10 nafar fuqaro 10 sutka ma`muriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan surishtiruv davom etmoqda. Shuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan shaxsga nisbatan da`vosi yo`qligini ma`lum qilib va ariza yozishdan bosh tortgan.

"Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Poytaxtimizda o`tkazilayotgan futbol bo`yicha Osiyo kubogi - nufuzli xalqaro sport musobaqasi hisoblanadi. Bu kabi sport musobaqalarida jamoat tartibiga rioya etmaslik nafaqat sportchilarimiz, balki O`zbekiston obro`siga putur etkazishi mumkinligini untumang. Sizlardan muxlislik madaniyatiga amal qilishingizni va jamoat tartibiga qat`iy rioya etishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda.






