Bola mashhur PUBG o`yiniga odatlanib qolgan va onasini bunga to`sqinlik qilgani sabab uni otib o`ldirgan. Manbalarga ko`ra, polisiya xodimlari ayolning qisman parchalangan jasadini topib, o`limdan keyingi tekshiruvga jo`natgan. O`smir qo`lga olingan.
Ma`lumotga asosan, yigit to otasi voqeadan xabar topgunga qadar jasadni ikki kun davomida o`z uyining bir xonasida qulflab qo`yib, saqlagan. Hodisa yuz bergan bir paytda uning to`qqiz yashar singlisi ham uyda bo`lgan. Aytilishicha, voqeani hech kim bilmasligi uchun akasi unga tahdid qilgan. Chiriy boshlagan jasadning hidini yo`q qilish uchun xonaga sprey sepgan.
Polisiya komissarining o`rinbosari Qosim Abidi ilk tegrovdan olingan xulosalarini ma`lum qildi.
"U bizga onasi uni o`yin o`ynashiga to`sqinlik qilganini, shuning uchun uni o`ldirganini aytdi. Voyaga etmagan bola onasini o`ldirish uchun otasining ro`yxatdan o`tgan o`qotar qurolidan foydalangan",-deydi u.
Xabarlarga ko`ra, jasadning hidi o`tkirlashganda, bola otasiga voqea haqida xabar bergan. Ota qo`shnilariga qo`ng`iroq qilgan va ular polisiyaga xabar berishgan.
Dilbar Abdunabieva sharhladi.






