AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim ko`chalari vaqtincha yopildi

'Toshkentning ayrim ko`chalari vaqtincha yopildi'ning rasmi

Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko`chalarida yo`l ta`mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan soat 17:00 dan soat 00:00 gacha bo`lgan vaqtda avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:

  • Muqimiy va Chilonzor ko`chalari chorrahasidan Chilonzor va KXAY ko`chalari chorrahasigacha bo`lgan qismi;
  • Muqimiy va Arnasoy ko`chalari chorrahasidan Cho`ponota va Arnasoy ko`chalari chorrahasigacha bo`lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko`chasidan Cho`ponota ko`chasigacha bo`lgan qismi.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar