AsosiyJamiyat

Yangi sug`urta xizmatlari yo`lga qo`yiladi

'Yangi sug`urta xizmatlari yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Prezidentning  “Sug`urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug`urtasi sohasini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2021 yil 23 oktyabrdagi qarori ijrosini ta`minlash hamda sug`urta faoliyati klassifikatorini kengaytirish va shu orqali hayot sug`urta sohasi va shaxsiy sug`urta bozorida sug`urta xizmatlari turlarini ommalashtirish, aholi va iqtisodiyotning ehtiyojlariga xizmat qiladigan sug`urta mahsulotlarini ishlab chiqish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba`zilarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda "Zamon" nashri yozmoqda.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to`g`risida”gi yagona nizomning 6-ilovasiga asosan tasdiqlangan Sug`urta faoliyati klassifikatoriga qo`shimcha sug`urta klasslarini qo`shish orqali kengaytirildi.

Jumladan, hayotni sug`urta qilish sohasiga V-klass “Majburiyatlarni ta`minlash uchun hayotni sug`urtalash”, VI-klass “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug`urtasi” hamda VII-klass “Kapitalni qaytarish bilan hayotni sug`urtalash” klasslari kiritilgan bo`lsa, umumiy sug`urta sohasiga 18-klass “Tibbiy sug`urta” klassi kiritildi.

Sug`urta klassifikatoriga kiritilgan ushbu qo`shimchalar mamlakatimiz sug`urta bozoridagi xizmatlar turini kengayishiga va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar