AsosiyJamiyat

⚡️Oliy ta`limga qabul kvotalari tasdiqlandi

'⚡️Oliy ta`limga qabul kvotalari tasdiqlandi'ning rasmi

Prezidentning tegishli farmoyishiga asosan, 2022/2023 o`quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

a) bakalavrlar tayyorlash bo`yicha:

kunduzgi ta`lim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi ta`lim shakliga – 26 095 nafar;

kechki ta`lim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy ta`lim shakliga – 3 410 nafar.

b) magistrlar tayyorlash bo`yicha – 10 688 nafar.

Ma`lumot uchun, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta`lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022 yil 20 iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

    Boshqa yangiliklar