AsosiyJamiyat

Turkiya sayyohlar uchun yana bir cheklovni bekor qildi

'Turkiya sayyohlar uchun yana bir cheklovni bekor qildi'ning rasmi

Turkiya 2022 yilning 1 iyunidan boshlab barcha chegara punktlari orqali mamlakatga kirish uchun emlanganlik to`g`risidagi guvohnoma, PZR yoki ekspress-test taqdim etish talabini bekor qildi.

OAV ma`lumotlariga ko`ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi 81 viloyat hokimiyatiga “Mamlakatga kirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hujjatni yuborgan.

Hujjatga ko`ra, “1 iyundan boshlab mamlakatga barcha chegara punktlarida kirish uchun ko`pi bilan 72 soat oldin topshirilishi kerak bo`lgan PZR testi sertifikati yoki kirgandan keyin 48 soat ichida topshirilishi kerak bo`lgan tezkor antigenning salbiy natijasi talab qilinmaydi”.

Avvallari Turkiya koronavirus testi manfiy natija bergan yoki SOVID-19 ga qarshi emlashning to`liq kursidan o`tganligi haqidagi hujjatlar bilan mamlakatga kirishga ruxsat bergan edi. Sinovlar, shu jumladan, 12 va undan katta yoshdagi bolalar uchun ham zarur edi. Shu bilan birga, emlangan sayohatchilar Jahon Cog`liqni Caqlash Tashkiloti (JSST) yoki Turkiya Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan shoshilinch foydalanish uchun ro`yxatga olingan dorilar bilan to`liq emlangani haqida sertifikat taqdim etishlari kerak edi.

So`nggi paytlarda Turkiyada SOVID-19 bilan kasallanishning kamaygani, shuningdek, pandemiyaning aholi salomatligiga tahdidi pasaygani mamlakatga kirishda qo`yiladigan talablarni engillashtirish imkonini berdi. Cheklovlarning aksariyati mart oyida bekor qilindi. 29-maydan boshlab Turkiyada niqob kiyish majburiy emas, bu qoida shifoxonalar uchun saqlab qolingan.

    Boshqa yangiliklar