Ijtimoiy tarmoqlarda ayol yosh go`dagiga shafqatsiz munosabatda bo`layotgani aks etgan video tarqalmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, voqea Samarqand viloyatida bo`lgan.
Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi videoga munosabat bildirib, holat qachon, qaerda, kim tomonidan sodir etilganligi o`rganilayotgani, natijasi bo`yicha jamoatchilikka ma`lumot berilishini aytib o`tdi.






