AsosiyJamiyat

"Sezon" boshlandi: "o`qishga kiritib qo`yuvchilar" ko`paymoqda

'"Sezon" boshlandi: "o`qishga kiritib qo`yuvchilar" ko`paymoqda'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo`shrabot tumani bo`limlari tomonidan 2022 yil 9 iyun kuni o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand davlat universiteti o`qituvchisi S.M. fuqaro N.ni 4 000 AQSh dollari evaziga ushbu universitet qoshidagi “O`zbekiston-Finlyandiya” pedagogika institutiga “Tasviriy san`at va chizmachilik” yo`nalishiga o`qishga kiritib qo`yishga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini joriy yil 7 iyun kuni qo`lga kiritib, qolgan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Tadbir davomida S.M. o`z aybiga iqror bo`lib, N.dan olgan 2 000 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.M. va O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi N.R. fuqaro D.ni tanishlari yordamida ushbu universitetga o`qishga kiritib qo`yish evaziga

3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan boshqarma ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Bo`ston tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori A.A. o`z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro O. ni o`zi rahbarlik qilib kelayotgan texnikumga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar